Aziz Abduhakimov: O'zbekiston sportchilari Tokio Olimpiya o‘yinlariga 129ta litsenziya qo'lga kiritdi. Bu ko'rsatkich oldingi Rio-2016 o‘yinlariga ko'ra 120 foizga ko'pdir

3-iyul kuni Tokioda bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish masalalarini muhokama qilish maqsadida O'zbekiston sportchilari va O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov o‘rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi.
“O‘zbekiston terma jamoalari sportchilari tomonidan Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga bugungi kunda jami 129ta litsenziya qo‘lga kiritilgan bo‘lib, shundan 74tasi Olimpiya, 55tasi esa Paralimpiya sport turlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu ko‘rsatkich Rio-2016 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga nisbatan 120ga foizga ko‘p demakdir”, - deya ma’lum qildi A.Abduxakimov.
Shuningdek, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritgan sportchilardan bir guruhi hamda ularni tayyorlagan trenerlar pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ta'kidlash joizki, aslida mazkur o‘yinlar 2020-yilda o‘tkazilishi lozim edi. Biroq, yer yuzini qamrab olgan koronavirus pandemiyasi tufayli yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari bir yilga kechiktirildi. Bu esa sportimiz foydasiga xizmat qildi: yo‘llanmalar soni oshdi, tayyorgarlik esa maromiga yetkazildi.






