Aziz Abduhakimov UNWTO Bosh assambleyasining 24-sessiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

UNWTO Yevropa bo'yicha mintaqaviy komissiyasining ovoz berish natijalariga ko'ra, O'zbekiston va Vengriyadan vakillar bir ovozdan joriy yilning oktabr oyida Marokashda bo'lib o'tadigan UNWTO Bosh assambleyasining 24-sessiyasining vitse-prezidenti etib saylandilar.

Butunjahon sayyohlik tashkiloti UNWTO (United Nations World Tourism Organization) - bu BMT tizimining ixtisoslashgan hukumatlararo agentligi bo'lib, 158 ta a'zo davlatlarni, 6 ta bog'liq hududlarni, kuzatuvchi maqomiga ega bo'lgan ikkita hududni va 500 dan ortiq affillangan tashkilotlarni birlashtiradi (2017 yil). UNWTO 1975 yil 2 yanvarda kuchga kirgan Nizom va unga ilova qilingan moliyaviy qoidalar asosida ishlaydi hamda barqaror va qulay turizmni rivojlantirish bilan shug’ullanadi.