YuNESKO va O‘zbekiston o‘rtasida 2022-2026-yillar uchun davlat dasturi imzolandi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinnbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Toshkent shahrida oʼtayotgan YuNESKOning Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va taʼlim berishga bagʼishlangan Butunjahon konferensiyasi doirasida bugun, 15-noyabr kuni YuNESKO Bosh direktori Odri Аzule bilan uchrashdi. Unda YuNESKO va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 2026-yilgacha mo'ljallangan davlat dasturi imzolandi.

Maqsad Oʻzbekistonda tinchlik va barqaror taraqqiyot gʻoyalarini ilgari surish yoʻlida hamkorlik qilish, YuNESKOning 2022–2029-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli strategiyasi hamda 2030-yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibiga asoslangan holda 2022–2026-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirishga muhim hissa qo‘shishdir.

Hujjatga ko‘ra, YuNESKO va O‘zbekiston Hukumati bir qator kelishuvlarga erishishdi. Xususan, YuNESKOning 2022–2029-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli strategiyasini amalga oshirishda hamkorlik amalga oshiriladi.

Qolaversa, YuNESKO 2022–2026-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, O‘zbekiston Hukumati birinchi donor bo‘lishi mumkin bo‘lgan 2022–2026-yillar Davlat dasturi Harakat rejasi birgalikda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, YuNESKO O‘zbekiston uchun bir qancha imtiyozlarni ham taqdim etadi.

P.S. Dastur 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.