Aziz Abduxakimov Yaponiya bilan turizm, sport va ta'lim sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Hukumat delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi doirasida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari-turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning Sukuba universiteti prezidenti Nagata Kyosuke bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Muzokaralar chog'ida qo'shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni va yaqin kelajakda hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko'rib chiqildi. Yaponiya bilan hamkorlik ta'lim, turizm va sport sohalarida amalga oshiriladi.

Hamkor OTMlar doirasi har ikki tomon uchun ham izchil kengaytirilishi, o'zaro hamkorlikning yangi sohalari paydo bo'lishi, yirik ilmiy loyihalar birgalikda amalga oshirilishi qayd etildi. Yaponiya oliy o'quv yurti rahbariyati "Ipak yo'li"turizm xalqaro universiteti bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta'kidladi. Bundan tashqari, tomonlar Sukuba universitetining grant dasturlarida o'zbek talabalarining ishtiroki masalasini muhokama qildilar.

K. Nagata O'zbekistonda prezident saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklifnoma olib, bunday sharaf uchun samimiy minnatdorlik izhor etib, ularda ishtirok etish uchun barcha choralar ko'rilishini ta'kidladi.