Bag'rikenglik haftaligi: Toshkentda gul qo'yish marosimi bo'lib o'tdi

 
16-noyabr kuni Toshkentda bag'rikenglik haftaligi doirasida Shoahmat Shomahmudov oilasi monumenti poyiga gul qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.
 
Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalari qo'mitasi, turizm va sport vazirligi vakillari, milliy madaniy markazlar va do'stlik jamiyatlari raislari va faollari, sportchilar, shahar jamoatchiligi, yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
 
Bugungi kunda O'zbekiston dunyoning qolgan qismi uchun bag'rikenglik tamoyillarini o'zida mujassam etgan mamlakat sifatida namuna bo'lishi mumkin. Aytish mumkinki, bu o'zbek xalqiga xos bo'lgan O'zbekistonning ko'p asrlik tajribasi. Jamiyatda millatlararo totuvlik va o'zaro anglashuv ruhini mustahkamlash, ularning milliy mansubligidan qat'i nazar, mamlakatimizning barcha fuqarolari uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlash O'zbekiston Respublikasidagi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biridir.