Bag‘dod Amreyev va Erjan Kazixon o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

2022-yilning 31-yanvar kuni Nur-Sulton shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari, tashqi siyosat bo‘yicha maxsus koordinatori Erjan Kazixon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Bosh kotib va Vitse-prezident Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikning bugungi holati va 2021-yil 12-noyabrda Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan 8-sammit rezolyutsiyalari asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.
Bosh kotib Amreyev Qozog‘iston Respublikasining qardosh turkiy xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashdagi muhim roli hamda Turkiy davlatlar tashkilotining institutsional salohiyatini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Erjan Kazixon Bosh kotib Amreyevga tashrifi va Tashkilot faoliyati haqida batafsil ma’lumot bergani uchun minnatdorchilik bildirdi hamda a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasida iqtisodiyot va savdo sohasida hamkorlikni mustahkamlash, umumiy iqtisodiy va tranzitdan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi.
Tomonlar Istanbul sammitida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqaev tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslarni amalga oshirishga to‘xtalar ekan, Turkistonda maxsus iqtisodiy zona tashkil etish masalasini ko‘rib chiqdilar va bu tashabbus a’zo davlatlar o‘rtasidagi savdo va sarmoyaviy hamkorlikni yanada oshirishiga ishonch bildirdilar.
Uchrashuvda B.Amreyev va E.Qozixon bir qator dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashdilar.






