Bakterial pnevmoniyani davolovchi mikrorobotlar

San-Diegodagi Kaliforniya universitetining nano-muhandislari bakterial pnevmoniyaning hayot uchun xavfli holatlarini bartaraf etish uchun o'pkaga maqsadli dori-darmonlarni yetkazib beradigan mikrorobotlarni ishlab chiqdilar.
Tajribalar davomida mikrorobotlar sichqonlarning o‘pkasida pnevmoniya qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarni barataraf etdi va ularning omon qolishiga yordam berdi. Pnevmoniya Pseudomonas aeruginosa bakteriyasidan kelib chiqqan bo‘lib, u odatda intensiv terapiya bo‘limlarida ventilyasiya qilingan bemorlarga ta’sir qiladi.
Mikrorobotlar suv o‘tlari hujayralaridan ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning yuzasi antibiotiklar bilan to‘ldirilgan nanozarrachalar bilan qoplangan. Suv o‘talari hujayralari mikrorobotlarga suzish va antibiotiklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘pkadagi bakteriyalarga yetkazish imkonini beradi.
Antibiotikni o‘z ichiga olgan nanozarrachalar oq qon hujayralarining bir turi bo‘lgan neytrofillarning hujayra membranalari bilan qoplangan mayda, biologik parchalanadigan polimerik sharlardan iborat.
Ushbu membranalar bakteriyalar va tananing immun tizimi tomonidan ishlab chiqarilgan yallig‘langan molekulalarini o‘zlashtiradi va zararsizlantiradi.






