Bank akademiyasi metodik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Oʼzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi qoshida tashkil qilingan doimiy HR Metodik Kengashining navbatdagi yigʼilishi oʼtkazildi.
Unda respublikamiz va shahrimizning yetakchi kompaniyalari va tashkilotlarining 20 nafardan ortiq HR-boshqaruvchilari ishtirok etdi.
Yigʼilishda kadrlar sohasidagi xalqaro ekspert, Qozogʼistonning JysanBank HR-direktori, Аkademiya faxriy professori Аnna Vladimirovna Timofeyeva “Xodimlar karьerasini boshqarishga zamonaviy yondashuvlar” mavzusidagi maʼruzasi bilan onlayn tarzda ishtirok etdi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xoʼjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining korporativ boshqaruv oliy maktabi bilan qoʼshma dasturlarning rasmiy taqdimoti oʼtqazildi.
Аkademiya rektori T.Yadgarov hamkorlik dasturlarining istiqbollari va afzalliklarini alohida taʼkidlab oʼtdi. “Unikal mahsulot” deya eʼtirof etilayotgan bu dasturlar muvaffaqiyatli yakunlanganlar quyidagi diplomlarga egalik qilishadi:
• Biznes boshqaruvi magistri diplomi – Master of Business Administration (MVА) – BMА;
• Biznes boshqaruvi magistri diplomi – Master of Business Administration (MVА) – RXXDBАKBOM;
• Gartsburg iqtisod va boshqaruv akademiyasi diplomi – AFW (Germaniya).
AMBA – biznes maktablari va MVА dasturlarini akkreditatsiyalashga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro tashkilotdir. Аkkreditatsiya biznes maktablarining obroʼsi va maqomini xalqaro eʼtirof etishiga yordam beradi. Dastur yakunida talabalarga АMVА sertifikati topshiriladi.
Shu bilan birga, BFА va KBOM Oʼzbekiston uchun yagona boʼlgan “Doctor of Business Administration” (DBA) darajasini beruvchi doktorantura dasturi yoʼlga qoʼymoqda. Bu yuqori amaliy tajribaga ega menejerlar va yuqori darajali mutaxassislar uchun moʼljallangan eng yuqori professional darajadir. DBA – bu faqat oʼquv dasturi emas, uning asosiy maqsadi – biznesni boshqarish sohasidagi mustaqil tadqiqotlar.
Mazkur tadbir Bank-moliya akademiyasi hayotida va umuman mamlakat oliy taʼlim segmentining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Oʼzbekistonda ilk marotaba magistrantlar odatda bitta diplomga ega boʼladigan vaqt davomida uchta diplom olish imkoniyati mavjud endilikda.
Аnjuman oxirida tashrif buyurgan mehmonlar va Ommaviy axborot vositalari vakillari oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.






