Barkamol kadrlarni tayyorlash uchun biz avvalo ularning ta'limiga e'tibor qaratishimiz lozim

Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova bilan tashkil etilgan intervyu e'lon qilindi.

Intervyu maqola shaklida chop etilgan bo’lib, uning asosiy mavzusi “O‘zbekistonda o‘qituvchilar malakasini oshirishning ahamiyati”ga qaratilgan. Unda Agentlik rahbari, jumladan o'qituvchilar malakasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berilgan.

“Bilim olish - hech qachon tugamaydigan jarayon; muayyan ilmiy darajaga yoki karyeraga erishgandan keyin ham o'rganishdan to'xtab qolmaslik kerak. Maqsadimiz insonlar hayotida ijobiy ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirishdan iborat. Biz kuchli va farovon millatni shakllantirishda bizga yordam beruvchi “global fuqarolar” ni tarbiyalash orqali O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shmoqchimiz. XXI asr ko'nikmalariga ega bo'lgan har tomonlama barkamol kadrlarni tayyorlash uchun biz avvalo ularning ta'limiga e'tibor qaratishimiz lozim” - deya ta’kidlagan Agentlik rahbari.