«Barqaror transport, tranzit va bog‘liqlik» mavzusidagi 27-sessiya

Osiyo va Tinch Okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO), hamda BMT Yevropa Iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlikda joriy yilning 26-27-oktabr kunlari Toshkentda SPEKA dasturi bo‘yicha Ishchi guruhning transport va logistika bog‘liqligini rivojlantirish masalalariga oid 27-sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirda Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikasining tashqi savdo, transport vazirliklari, bojxona qo‘mitalari, temir yo‘l kompaniyalari, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, hamda yirik transport-logistika kompaniya rahbarlari ishtirok etadi.

Sessiya doirasida investitsiya va savdo aloqalarini yanada rivojlantirish, xalqaro yuk tashuvlarining normativ va huquqiy bazasini takomillashtirish, transport va infratuzilma loyihalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xalqaro yuk va yo‘lovchi tashuvlarida xavfsizlikni taʼminlashga oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.