Bayden Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Amerikadagi saylov jarayonlariga aralashuvi munosabati bilan Ukrainadagi urush boshlanganidan keyin joriy qilingan qator sanksiyalar rejimini bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy tarqatgan bayonotda keltirilgan.
Qayd etilishicha, Rossiya hukumatining g‘arazli faoliyati AQSh milliy xavfsizligi, tashqi siyosati hamda iqtisodiyotiga o‘ta jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Xususan:
• AQShda, shu bilan birga, uning ittifoqchilari va hamkorlarida erkin va demokratik saylovlar o‘tkazilishiga putur yetkazish;
• AQSh va uning ittifoqchilariga qarshi kiberhujumlar;
• transmilliy korrupsiyani rag‘batlantirish va xorij hukumatlariga ta’sir qilish uchun undan foydalanishda davom etmoqda.
2021 yil 15 aprelda Rossiya Federatsiyasining ayrim xavfli harakatlari milliy xavfsizlikka tahdid solishi munosabati bilan AQShda favqulodda holat e’lon qilingan edi. 2022 yil 8 martda favqulodda holat ko‘lamini kengaytirish to‘g‘risida farmon imzolangan. Mazkur favqulodda holat kecha yana bir yilga uzaytirildi.






