Bayden Trampning sanktsiyalarining bir qismini bekor qildi

AQSh prezidenti Tramp tomonidan Xalqaro jinoiy sudga qarshi qo'llanilgan sanksiyalarni bekor qildi. Shu bilan birga, Davlat departamenti AQSh hanuzgacha sudning ba'zi harakatlariga rozi emasligini aytdi.

Jo Bayden ma'muriyati AQShning avvalgi prezidenti Donald Tramp tomonidan qo'yilgan Xalqaro jinoiy sudga (ICC) nisbatan sanktsiyalar va viza cheklovlarini bekor qildi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken nomidan berilgan bayonotda Baydenning ushbu cheklovlarni qo'llashni nazarda tutadigan prezident farmonining bekor qilinishini ma'qullagani aytilmoqda. 
Bayonotda ko'rsatilishicha: "Natijada, avvalgi ma'muriyat tomonidan ICC prokurori Fatu Bensuda va yurisdiktsiya, bir-birini to'ldirish va hamkorlik bo'limi boshlig'i Fakiso Mochochkoga nisbatan qo'llanilgan sanktsiyalar bekor qilindi".