Ba’zi yo‘llarda transport harakati cheklanadi

Yoʼl qurilishi ishlari olib borilishi sababli, Chilonzor tumanining Chilonzor koʼchasi Muqimiy koʼchasi bilan kesishgan joyidan Gagarin haykaligacha boʼlgan qismida avtomobillar harakati uchun yopiladi. Yoʼl taʼmirlash-qurilish ishlari 2022-yil 28-iyuldan boshlanadi.

Ushbu davrda haydovchilar Chilonzor tumanidagi Arnasoy ko‘chasidan foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, yo‘l va metro qurilishi munosabati bilan Sergeli tumani Dadaxo‘jayev ko‘chasi Quruvchilar massivi bilan kesishgan chorrahadan Xonobod ko‘chasigacha bo‘lgan qismida avtotransport vositalari harakati to‘xtatiladi.

Ushbu davrda Toshkent shahri haydovchilari Sergeli tumanining I.Yoqubov va Belarik ko‘chalaridan foydalanishlari mumkin.