BBC World Newsda O'zbekiston haqida maqola chop etildi

Milliy PR-markazi va dunyoning eng yirik media korporatsiyasi BBC bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi ko‘magida tashkil etilgan O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish bo‘yicha reklama kampaniyasi davomida BBC World News xalqaro telekanali va BBC media korporatsiyasining raqamli resurslari 2022-yilda dunyodagi eng yirik axborot portali – www.bbc.com saytidan O‘zbekiston haqida maqola joy oldi.

Maqolada BBC jurnalistlari O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosi, jahon tarixi, ilm-fani, madaniyati va san’ati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Amir Temur hamda Mirzo Ulug‘bek kabi O‘zbekiston qahramonlari haqida yozgan.

Shuningdek, maqolada o‘zbek milliy taomlari, O‘zbekistonning qadimiy va zamonaviy shaharlarining boy me’morchiligiga alohida e’tibor qaratilgan.