«Yil omadsizlari»: 2022 yilda qaysi milliarderlar eng ko'p pul yo'qotishdi

2022 yilda besh milliarder rekord miqdorda yo'qotishdi, ularning boyligi birgalikda 378 milliard dollarga kamaydi. Ilon Mask, Jeff Bezos, Mark Sukerberg, Larri Peyj va Sergey Brin o'tgan yilning «Yil omadsizlari» qatoriga kirishdi.
Antireytingda rekord darajadagi 125 milliard dollarga qashshoqlashgan Mask birinchi o'rinni egalladi . 2022-yilda milliarder kapitalining asosini tashkil etuvchi Tesla aksiyalari 65 foizga qulagan va qulashning katta qismi Mask Twitterni sotib olganini e’lon qilganidan keyin sodir bo‘lgan. 2022-yil oxiriga kelib uning boyligi 147 milliard dollarga baholangan bo‘lsa, 3-yanvarda u 137 milliard dollarga tushib ketdi, hozir esa 140,5 dollarni tashkil etadi.
Eng ko‘p yutqazganlar orasida ikkinchi o‘rin Amazon korporatsiyasi asoschisi Bezosga nasib etdi. O'tgan yil davomida u 85 milliard dollar yo'qotdi, chunki uning IT giganti aksiyalari 50 foizga tushib ketdi. Amerikaning Forbes nashriga ko'ra, Amazon kotirovkalaridagi pasayish texnologiya sanoatiga yo'naltirilgan Nasdaq birjasining qulashidan 17 foizga yomonroq bo'ldi.
Uchinchi o'rinni Sukerberg egalladi. Uning boyligi 77 milliard dollarga kamaygan. U asos solgan «Meta» aksiyalari qiymati investorlarning kompaniyaning Metaverse yaratishga eʼtibor qaratish rejalariga shubhalari ostida yil davomida 64 foizga arzonlashdi.
Antireytingda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Google asoschilari egallagan. Peyjning boyligi yil davomida 46 milliard dollarga, Brinning kapitali esa 45 milliard dollarga kamaydi. Ularning hozirda «Alphabet» nomi bilan tanilgan kompaniyasi aksiyalari IT bozoridagi umumiy pasayishdan keyin 2021-yil oxiridan beri 39 foizga arzonlashgan.






