Belarus SHHTga a’zo bo‘lish uchun rasman ariza berdi

ShHT Bosh kotibi Chjan Minning ma’lum qilishicha, Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo bo’lish uchun rasman ariza bergan. Murojaat Shanxay tashkilotining Samarqandda bo‘lib o‘tadigan sammitida ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

“Belarus yaqinda ShHTga toʻlaqonli aʼzo boʻlish uchun rasman ariza topshirdi”,- deya qayd etgan Bosh kotib.

P.S. Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy xalqaro birlashma boʻlib, uning tarkibiga Rossiya, Hindiston, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston va Oʻzbekiston kiradi. Belarus 2015-yil iyul oyida tashkilotning Ufadagi sammitida ShHT kuzatuvchisi maqomini olgan.