Besh oyda UzAuto Motors AJ oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 47% koʻproq avtomobil ishlab chiqardi

2022-yil yanvar-may oylari davomida “UzAuto Motors” zavodida 126 246 ta avtomobil ishlab chiqarildi. Ushbu koʻrsatkich 2021-yilga qaraganda 47%ga koʻproq. Qayd etilisiha, oʻtgan yilga nisbatan ishlab chiqarish hajmining oʻsishi 40 452 dona avtomobilni tashkil etdi.

Taʼkidlash joizki, joriy yilning birinchi yarmida Chevrolet Tracker 2023-yil modeli sanoat ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha keng koʻlamli tashkiliy chora-tadbirlar fonida ishlab chiqarish hajmining keskin oʻsishi kuzatilyapti. Yangi avtomobilni ishlab chiqarishga iyul oyi oʻrtalarida start berilishi rejalashtirilgan.