Bill Geyts: Zavod va fabrikalarni robotlashtirish yaqin 5-10 yil ichida amalga oshiriladi

Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts Forbes jurnaliga bergan intervyusida sun’iy intellekt (AI) sohasidagi so’nggi yutuqlardan "hayratda" ekani hamda sun’iy intellekt kelajagi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"AI biz bilgan mehnat bozorini o’zgartiradi... Avtonom avtomobillar - juda murakkab texnologiya, ammo, zavod va fabrikalarni robotlashtirish yaqin 5-10 yil ichida amalga oshiriladi", - deya qayd etgan Bill Geyts.
Ammo, Microsoft asoschisi AI "kambag’al hududlardagi talabalar uchun matematika o’qituvchisi" bo’lishi yoki "olisda joylashganligi sababli shifokorga murojaat qila olmaydigan Afrikadagi odamlarga tibbiy maslahatlar berishi" mumkinligiga ishonmasligini aytgan.






