Bir yoshgacha boʼlgan bolalarga qanday ozuqa mahsulotlarini berib boʼlmaydi?

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti xulosasiga koʼra, olti oygacha boʼlgan goʼdaklar uchun eng yaxshi va maqbul taom — bu ona suti. Qoʼshimcha ovqatlarni esa ayni shu davrdan boshlab bolalar ratsioniga kiritish maqsadga muvofiq. Ular yogʼsiz va yaxshilab ezilgan meva, goʼsht, sabzavot pyurelari, pishloq va yogurtlar boʼlishi mumkin.
Аmmo bu davrda quyidagi oziq-ovqatlar kichkintoylarga berilmasligi kerak:
asal va asal qoʼshilgan mahsulotlar, shu jumladan, pishiriqlar (tarkibida botulizmni keltirib chiqaruvchi sporalar boʼlishi mumkin);
sigir suti (ichakda qon ketish ehtimolini yuzaga keltiradi, qolaversa, qiyin hazm boʼladi);
ovqatdan zaharlanish xavfi boʼlgan ovqatlar (xom yoki chala pishirilgan goʼsht);
pishirish yoki qaynatish jarayonida sarigʼi qotmagan tuxum;
pasterizatsiyalanmagan sut mahsulotlari;
oʼrmon qoʼziqorinlari;
konfetlar, saqich, qattiq pechenye va qotirilgan non boʼlaklari;
tarkibida kofein moddasi mavjud ichimliklar, shu jumladan choy (ularni ikki yoshgacha bermaslik zarur).






