Birinchi Oʼzbekiston - Turkmaniston Hududlararo forumi

Bugun, 13-iyul kuni Buxoro shahrida birinchi Oʼzbekiston - Turkmaniston Hududlararo forumi boʼlib oʼtdi. Unda Bosh vazir o‘rinbosari, O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Turkmaniston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Batir Atdayev, Buxoro xokimi Botir Zaripov shuningdek, O’zbekiston va Turkaminston ishbilarmonlari ishtirok etdilar.
Ta’kidlanishicha mazkur forumdan ko’zlangan maqsad O’zbekiston hamda Turkmaniston Respublikalari o’rtasida ikki tomonlama ijtimoy-siyosiy, iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, tovar aylanmasini yaxshilash va 35 ga yaqin yangi investitsiyaviy loyihalarni ko’rib chiqishdan iborat.
Forumda, Bosh vazir o‘rinbosari, O’zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov o’z nutqida “O‘zaro munosabatlarimiz sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, yangi dinamikaga ega bo‘ldi”,- deya ta’kidladi va O’zbekiston hamda Turkmaniston rahbarlarining o’zaro qardoshlik munosabatlariga alohida to’xtalib, bugungi hamkorlik aloqalarida samimiy munosabatlarning o’rnini yuksak baholadi.
Shuningdek, mamlakatlar o’rtasida jadal rivojlanayotgan energetika, famasevtika, transport va qishloq xo’jaligi sohasidagi o’zaro hamkorlik munosabatlariga to’xtalib o’tdi.
Forum davomida ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari rahbarlari, viloyatlar va tegishli idoralar rahbarlari ham soʼzga chiqdilar. Ular tomonidan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish salohiyati va istiqbollari, shuningdek, ikki mamlakat tadbirkorlari oʼrtasida sanoat kooperatsiyasini tashkil qilish boʼyicha aniq takliflar taqdim etildi.
Bundan tashqari, tadbir doirasida ishtirokchilarning “B2G” va “B2B” formatidagi uchrashuvlari hamda ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʼlib oʼtdi. Forum yakunida umumiy qiymati 451 million dollarlik investitsiya va savdo bitimlari imzolandi.






