Birinchi xalqaro “Tashkent Digital Marketing Forum 2023”

19-20-mart kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida xalqaro digital marketing-konferensiya va 22 nominatsiya bo‘yicha brendlar, agentliklar va raqamli kontent mualliflarini taqdirlash marosimi – Digital Marketing Awards o‘tkazildi.

Forum – mamlakatning raqamli ishtirok va brendlarni ilgarilatishning yangi imkoniyatlari masalalariga bag‘ishlangan eng yirik voqyeasi, u O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasi tomonidan, hamkorlar ko‘magida tashkil etilgan.

Ikki kunlik konferensiya davomida samarali raqamli strategiyani qanday yaratish, biznesda qanday dijital-vositalardan foydalanish, Telegram va AliBaba`da qanday ilgarilash va sotish, internetdagi reklama samaradorligiga qanday ta'sir ko‘rsatish, dijitalda kuchli brendlarni qanday qurish va yana ko‘plab boshqa qiziqarli mavzularga oid chiqishlar bo‘ladi. forum spikerlari sirasida Yandeks Reklama, SAP, Admixer, Wunder Digital, Alibaba.com, Beeline vakillari mavjud.

Forumning maxsus mehmoni – YouTube`dagi 6,11 mln obunachiga ega “Toples” ilmiy-ommabop kanalining muallifi Yan Toples. Ommabop kontentli videolar o‘rtacha 11 mln marta ko‘riladi. Yan fizika, astronomiya, biologiya va boshqa fanlar mavzusida, shuningdek san'at, madaniyat va gender hamda avlodlar nazariyoti kabi ijtimoiy ahamiyatga ega mavzularda ilmiy-ommabop video joylaydi.

Diyor Mirzaahmedov – forum tashkilotchisi, O‘zbekiston marketing uyushmasi boshqaruvi raisi:
“Biz raqamli marketing sohasida xizmat ko‘rsatuvchi yangi hamda mashhur kompaniyalar, dijitalga e'tibor beruvchi faol va mashhur brendlar, shuningdek mana shu texnologiyalar, mahsulotlar va xizmatlardan foydalanuvchilar o‘rtasida muloqot va tanishuv imkoniyatini yaratish maqsadida har yilgi yangicha maydonchani yaratyapmiz”.