Biz qabul qilgan 5 million qochoqning 3,6 millioni suriyaliklar - Erdo'g'on

Turkiy Davlatlar Tashkilotining Samarqand sammitida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'on nutq so’zlab, “Biz 2014-yildan buyon eng koʼp qochoqlarni qabul qilgan davlatmiz. Biz qabul qilgan 5 million qochoqning 3,6 millioni suriyaliklar”,- deya ta’kidladi.
Shuningdek, Turkiya yetakchisi, noqonuniy migratsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligimizni kengaytirish, shu nuqtai nazardan umumiy xavfsizlik kontseptsiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq boʼlishi haqida qo’shimcha qildi.
Bundan tashqari Rejep Tayyip Erdo'g'on Turkiy davlatlar tashkiloti investitsiya jamgʼarmasini imkon qadar tezroq amalga oshirish, foydali bo’lishiga umid bildirdi.






