«Biz qudratli va nufuzli kuchga aylanishimiz kerak» - Qosim-Jomart Toqayev

“Bugun Turkiy davlatlar tashkilotining roli sezilarli darajada oshdi. Qozogʼiston turkiy dunyoning ota-bobolari diyori, shuning uchun ham biz har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat beramiz. Hamkorligimizni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishdan manfaatdormiz”,- Qozogʼiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev.

“Turkiy mamlakatlarni birlashtirgan tashkilotlarning paydo boʼlish tarixi shuni koʼrsatadiki, ularning aksariyati, jumladan Turksoy, Turkpа va Turkiy akademiya Qozogʼiston tashabbusi bilan tuzilgan. Bu tashkilotlar qardosh xalqlarimizning madaniy-maʼnaviy yaqinlashuvining haqiqiy dirijyorlariga aylandi, Bugungi kunda Turkiy davlatlar tashkilotining roli sezilarli darajada oshdi. Hamkorlikni yanada mustahkamlash va uni yangi bosqichga olib chiqishdan manfaatdormiz. Biz qudratli va nufuzli kuchga aylanishimiz kerak”, — deya qayd etdi Toqayev Samarqand sammitidagi nutqida.