Biz uchun ekologik aksiyalarda ishtirok etish — barqaror rivojlanish strategiyasining bir qismi - Kamran Gulamov

 
Navro'z bayrami arafasida AKFA group ko'kalamzorlashtirish dasturini qo'llab-quvvatladi va Yashil makon loyihasida ishtirok etdi.
 
Umummilliy aksiya doirasida poytaxtimizda Toshkent shahar hokimligi va Toshkent shahar obodonlashtirish Bosh boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Yashil makon" manzarali daraxtlar ko'rgazmasi tashkil etildi. Aksiyaning maqsadi shaharda ekologik vaziyat va havo sifatini yaxshilashdan iborat.
 
Ko'rgazmada 150 dan ortiq manfaatdor tashkilotlar va kompaniyalar, jumladan, AKFA Group kompaniyasi ishtirok etdi.
 
19 mart kuni kompaniya rahbariyati va xodimlari Mirobod tumani Afrosiyob ko'chasi bo'ylab bir necha daraxt ekishdi.
 
"Biz uchun ekologik aksiyalarda ishtirok etish barqaror rivojlanish strategiyasining bir qismidir. Umid qilamizki, bunday keng ko'lamli loyiha mamlakat aholisini birlashtiradi va har yili daraxt ekish barcha fuqarolar uchun yaxshi an'anaga aylanadi", — dedi AKFA Group bosh direktori Kamran Gulamov.
 
Yashil makon dasturi doirasida, 10-20 mart kunlari Toshkent shahrining markaziy ko'chalari bo'ylab 10 mingdan ortiq daraxt ekildi. Jarayon mahalliy va xorijiy mutaxassislar nazorati ostida amalga oshirildi.
 
Ekologik tashabbuslar kompaniyaning amaliyotiga uzoq muddat avval va qat'iy kiritilgan. AKFA Group shu kabi yashil aksiyalarda ishtirok etib hamda kompaniya tomonidan bunday tadbirlar amalga oshirib, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida barqaror rivojlanish tamoyillariga muvofiq samaradorlikni oshirishga intiladi.