Biznes aviatsiyaga birinchi qadam

Oʻzbekistonda biznes-aviatsiya yoʻlga qoʻyilgani munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi joriy yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirilgan birinchi Pilatus PC-12 havo kemasining taqdimotini oʻtkazdi.

Tadbirda kichik va oʻrta biznes vakillari, bloggerlar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Taqdimot doirasida Pilatus PC-12 havo kemasining uchuvchisi yangi samolyot haqida bir qancha dalillarni – aviatransportning ekspluatatsiyasi kam harajatliligi va noyob uchish-qoʻnish xususiyatlariga ega boʻlib, ular qisqa va tayyor boʻlmagan uchish-qoʻnish yoʻllariga qoʻnish imkonini berishini aytib oʻtdi. Bu esa Pilatus PC-12 samolyotlariga Oʻzbekiston aeroportlarining 40%ga yaqini ana shunday UQY bilan jihozlangan, aksariyat qismiga parvoz qilish imkonini beradi.

Aviakompaniya vakillari yaqin kelajakda Uzbekistan Airways Pilatus PC-24 sotib olishni rejalashtirayotganini va shu bilan Oʻzbekistonda tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratilishini ma’lum qildi.

Bugungi kunda, biznes aviatsiyasi – yoʻlovchilarga maksimal qulaylik yaratish yoʻnalishlardan biri boʻlib, u yoki bu aviakompaniyaning marshrut tarmogʻiga kirmaydigan yoʻnalish boʻyicha aviatashuvni amalga oshirishi kerak boʻladi.

Biroq, bunday parvozning asosiy afzalligi, shubhasiz, samolyotda cheklangan miqdordagi yoʻlovchilar, vaqt va qulaylik hisoblanadi.