Biznes-forum ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda yangi sahifa ochib beradi - Tanzila Narbayeva

Аvvalroq Bright Uzbekistan, mamlakatimiz parlamenti delegatsiyasi aʼzolari Bishkek shahrida rasmiy tashrif bilan boʼlib turganini xabar bergan edi.

Tashrif doirasida Senati raisi boshchiligidagi delegatsiya “Qirgʼiziston va Oʼzbekiston tadbirkor ayollari muloqoti” xalqaro biznes-forumida ishtirok etdi.

Qirgʼiziston va Oʼzbekiston tadbirkor ayollarining mintaqaviy iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash uchun ularning barqaror muloqotini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda vazirliklar, xalqaro tashkilotlar, biznes birlashmalari, fuqarolik jamiyati vakillari, tadbirkor ayollar va OАV vakillari ham ishtirok etdi.

— Oʼzbekiston Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotida raislik doirasida ham mintaqaviy, ham ikki tomonlama formatlarda tadbirkor ayollar oʼrtasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga katta ahamiyat beradi, — dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva.

Forum parlamentlararo, savdo-iqtisodiy hamkorlik, ikki mamlakat oʼrtasida yuksak darajada ahil qoʼshnichilik, strategik hamkorlik va mintaqada ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʼyicha ilgari erishilgan kelishuvlarni mustahkamlaydi.