Black Stone: eng yuqori sifat standarti

Suxbatulla Ubaydullayev rahbarligidagi Black Stone kompaniyasi O'zbekistonda va xorij mamlakatlarida mashhur sanaladi. U 2017-yilda tashkil etilgan bo’lib, Xitoy, Hindiston va Italiyadan tabiiy toshlarni ulgurji yetkazib berish va sotishga ixtisoslashgan.

Ahil jamoada toshlarning sifati va mustahkamligi borasida yuqori malakaga ega mutaxassislar faoliyat yuritadi. Oniks, granit, travertin va marmar kompaniya import qiladigan toshlar qatoridir.

“Men tosh o’ymakorlari avlodidanman va 1995-yildan buyon ushbu sohadaman. Shunday ekan, mendagi katta tajribaga suyangan holda olti yil avval Black Stone kompaniyasiga asos soldik. Shuningdek, “Black Stone” ishi davomida turli mijozlar bilan hamkorlik qilishning bebaho tajribasi to‘plangan. Bizning mijozlarimiz orasida turli tashkilotlar va jismoniy shaxslar ham mavjud”, - deydi Suhbatulla Ubaydullayev.

Insonlar tabiiy toshlarning go'zalligi va chidamliligini yaxshi ko'radilar. Ulardan devor va zamin qoplamalarida, ofislarning ichki dizayni, yashash joylari, oshxonalar va hammomlarda foydalaniladi, ular uylarni haqiqiy saroylarga aylantirishi mumkin.

Toshlarni qayta ishlash ham maxsus mashinalar bilan jihozlangan o'z ishlab chiqarishimizda amalga oshirilishi qulay. Bu sanoatda qabul qilingan eng yuqori sifat standartlariga mos keladigan har qanday oqilona o'lchamdagi, shakldagi, sirt ishlov berish, eksklyuziv mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

Bugungi kunda g'isht teruvchining ish arsenalida elektr mashinalari tobora ommalashib bormoqda. O'ymakorlik va toshni qayta ishlash uchun olmos asboblari sanoatda ham, uyda ham muvaffaqiyatli qo'llaniladi.

Suxbatulla Ubaydullayev o'z korxonasi faoliyati haqida ilhom bilan so’zlaydi. Tabiatan yumshoq bo'lmasada u, yetakchi sifatida ichki kuch, energiya, chidamlilik va jamoani o'ziga jalb etish qobiliyatiga ega.

Shuning uchun ular ishlab chiqaradigan mahsulotlar - qurilish ishlari, arxitektura elementlari, dekorativ relef buyumlari eng yuqori sifatiga ega bo’lishi bejiz emas.

“Black Stone” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati Toshkent shahar Savdo-sanoat palatasining tashakkurnomasi bilan taqdirlangani buning dalilidir.