Bloomberg: Xitoy 2022-yilda uchinchi yirik avtomobil yetkazib beruvchiga aylandi

“Bloomberg” xabariga ko’ra, 2022-yilda Xitoydan avtomobil yetkazib berish 2,5 million donadan oshgan va mamlakat eng yirik avtomobil yetkazib beruvchilar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni egallagan.
Qayd etilishicha, bu so‘nggi yillarda eksporti qisqargan Germaniyadan atigi 60 ming donaga kam. Ta’kidlanishicha, avtomobil yetkazib berish bo'yicha Yaponiya birinchi, Germaniya ikkinchi, Xitoy uchinchi o'rinni egallagan. Ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinda Janubiy Koreya, beshinchi o‘rinda AQSh ko’rsatilgan.
Shuningdek, ma’lumotlarga ko’ra, Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari hozir Yaqin Sharq va Lotin Amerikasida yetakchilik qilmoqda. Yevropa Ittifoqida Xitoyda yig'ilgan Tesla elektromobillari, Volvo kabi Xitoy kompaniyalariga tegishli Yevropa brendlari mashhur. BYD va Nio kabi mahalliy brendlarning sotuvi ham ortgan.
Bloomberg agentligining Xitoy avtomobil assotsiatsiyasi bosh muhandisi o‘rinbosari Syu Xaydonning so‘zlariga iqtibos keltirishicha, mamlakat 2030-yilga borib 8 million sotuvga yetib borishni maqsad qilgan, bu Yaponiyaning joriy ta’minot darajasidan ikki baravar yuqori.






