BMB Trade Group kompaniyasi vakillari Berlindа Germаniyalik ishbilаrmonlar bilаn muzokаrаlаr oʼtkazdi

Joriy yilning 1-noyabr kuni Oʼzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi koʼmagida BMB Trade Group kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov va Germaniya ishbilarmon doiralari vakillari oʼrtasida bir qancha uchrashuvlar boʼlib oʼtdi.
Jumladan, Germaniya kichik va oʼrta biznes uyushmasi (BVMW) boshqaruvchi biznes menejeri Reynxold Ungern-Sternberg bilan oʼtkazilgan muzokaralar doirasida ikki mamlakat kompaniyalari oʼrtasidagi oʼzaro savdo hajmini oshirish boʼyicha strategik sheriklik masalalari koʼrib chiqildi. Shuningdek, mamlakatimzdan meva-sabzavot mahsulotini import qilishdan manfaatdor nemis ishbilarmon doiralari ishtirokidagi qoʼshma tadbirlar tashkil qilish koʼzda tutilgan masalaridan biridir.
Yaqin kelajakda mazkur hamkorlik doirasida rejalashtirilgan amaliy tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish maqsadida BVMW delegatsiyasining Oʼzbekistonga tashrifi kutilmoqda.
Blumental Bayern GmbH kompaniyasi vakillari bilan boʼlib oʼtgan uchrashuv yakunlari boʼyicha AQSh va Yevropa mamlakatlari bozorlariga quritilgan mevalar, dorivor oʼsimliklar, jumladan, zaʼfaronni yirik xajmlarda yetkazib berish borasida kelishuvlarga erishildi.
Bundan tashqari, tarkibiga BMB Zafaron brendi ostida yetishtirilayotgan zaʼfaron mahsuloti qoʼshilgan dori vositalarini ishlab chiqarish boʼyicha qoʼshma investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Germaniyaning mashhur “VAMED AG” kompaniyasi boshqaruvi raisi Ernst Vastler bilan boʼlib oʼtgan uchrashuv davomida tibbiyot sohasida qoʼshma loyihalarni amalga oshirish, Oʼzbekistonda tibbiy klinikalar tarmogʼini yaratish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, joriy yilning dekabr oyida germaniyalik kompaniya delegatsiyasi qoʼshma loyihani batafsil oʼrganish uchun tashrif buyuradi.
BMB Trade Group delegatsiyasi Germaniya agrobiznes alyansi direktori Per Brodersen bilan birgalikda Germaniyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining innovatsion texnologiyalarini Oʼzbekistondagi qishloq xoʼjaligi loyihalariga jalb etish, ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari oʼrtasidagi aloqalarni mustahkamlash, kabi keng koʼlamli strategik hamkorlik masalalari ishlab chiqildi.
Umuman olganda, boʼlib oʼtgan muzokaralar agrobiznes sohasida Oʼzbekiston-Germaniya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.






