BMB Trade Group Tojikiston bilan birgalikda qo'shma korxona tashkil etadi

1-iyul kuni BMB Trade Group kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov AVAS GROUP (Tojikiston) direktorlar kengashi raisi Azim Hakimov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda A.Hakimov taqdimot qilganidan so'ng BMB TRADE GROUP va AVAS GROUP o'zbek-tojik qo'shma korxonasini tashkil etish masalasi ko'rib chiqildi.

Ushbu 3 million dollarlik loyihani amalga oshirish uchun tojik kompaniyasiga 50 gektar yer maydoni ajratilishi qayd etildi. "AVAS GROUP" ning vazifalari za'faronni ekish, yetishtirish va eksport qilishdan iborat, BMB Trade Group esa ish jarayonini nazorat qiladi.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, Markaziy Osiyo bozorida za'faron oʻsimligining ehtiyoji katta.