BMT Bosh assambleyasi O'zbekiston Prezidenti tomonidan taklif qilingan qarorni ma'qulladi

2021 yil 18 mayda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 75-sessiyasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

 

2020 yil sentyabr oyida BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Orolbo'lini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e'lon qilish to'g'risida qaror ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusini ilgari surgan edi.

 

Dunyoning turli mintaqalaridagi 60 davlat uning mualliflari bo'lishdi, jumladan: Rossiya, Xitoy, Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg'oniston, Turkiya, Yaponiya, Pokiston, Eron, Hindiston, Misr, Malayziya, Singapur, Vetnam, Bangladesh, Iordaniya, Ummon, Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Vengriya, Ruminiya, Jazoir, Paragvay va boshqalar.

 

Hujjat BMTga a'zo davlatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi.