YEXHT DIIHB bosh kotibi bilan uchrashuv

2021-yilning 25-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Farhod Arziyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT DIIHB) demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosi direktori Matteo Makachchi bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuvda saylovlarni kuzatish bo'yicha DIIHB missiyasi rahbari O. Murfi, parlament Assambleyasi vitse-prezidentlari R. lopatka va D. Ridder, DIIHB saylov departamenti rahbari M. Fitzgerald va YeXHTning saylov bo'yicha kotibiyati rahbari A. Beyker ishtirok etdi.
Tomonlar so'nggi yillarda O'zbekiston bilan YEXHT o'rtasida ochiq va ishonchli muloqot o'rnatilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan yo'nalishlar bo'yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
M. Mekachchi saylovni kuzatish missiyasining samarali faoliyat ko'rsatishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani uchun o'zbek tomoniga minnatdorlik bildirdi. U butun saylov jarayoniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish jarayonida O'zbekiston ko'rsatgan ochiqlik va konstruktivlikni olqishladi.






