BMT dunyo mamlakatlariga Turkiyaga 3 oy yordam ko'rsatish chaqirig'i bilan murojaat qiladi

Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay hamda BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo’yicha o’rinbosari va favqulodda yordam koordinatori Martin Griffits o’rtasida o’tkazilgan uchrashuvda Martin Griffits BMT dunyo mamlakatlariga Turkiya uchun 3 oy davomida yordam ko'rsatish chaqirig'i bilan murojaat qilishini ma'lum qildi.

Vitse-prezidentning ta’kidlashicha, tabiiy ofatning dastlabki daqiqalaridanoq Turkiya hukumati falokat oqibatlarini joylarda bartaraf etish bo‘yicha harakatlarni muvofiqlashtirib kelmoqda.

Shuningdek, u mamlakat tabiiy ofat zonasi aholisini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, uy-joy bilan ta’minlash va boshqa ehtiyojlarni qondirishda davom etayotganini ma’lum qildi.

O’z navbatida, Martin Griffits Turkiya hozirda dunyodagi eng yirik qidiruv-qutqaruv operatsiyalarini olib borayotgani va boshqa davlatlardan farqli o‘laroq, boshqaruv va tashkilotchilik qobiliyati bilan ajralib turishini ta’kidladi.

Shuningdek, u Birlashgan Millatlar Tashkiloti dunyo mamlakatlariga Turkiya uchun 3 oy davomida yordam ko'rsatish chaqirig'i bilan murojaat qilishini ma'lum qildi. Bundan tashqari, yig’ilishda zilzilalarning qo’shni davlatlar uchun oqibatlari ham muhokama qilindi.