BMT insonparvarlik yordamini o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga oshirishni so‘ramoqda

BBC NEWS xabariga ko’ra, BMT donorlardan insonparvarlik yordamlarini o‘tgan yilga nisbatan 25 foizga oshirishni so‘ragan. Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023-yilda unga 51,3 milliard dollar kerak bo‘ladi.
Gumanitar ehtiyojlar "hayratlanarli darajada yuqori", deydi tashkilot Ukrainadagi urush, Afrikadagi yirik ocharchilik va Pokistondagi suv toshqiniga ishora qilib. Ta'kidlanishicha, bu ofatlar Afg‘oniston, Yaman va Suriyadagi 2022-yilgacha davom etgan inqirozlarga qo‘shildi.
Oziq-ovqat va yoqilg'i narxlarining o'sishi gumanitar tashkilotlarning xarid qobiliyatini pasaytirdi, ba'zi an'anaviy saxiy donor davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya o'z hissalarini kamaytirdi.






