BMTlik hamkorlar Margʼilon pillachilik klasterida bo‘lishdi

Korxonaning yillik eksport quvvati 3 mln АQSh dollarini tashkil etadi.
9-oktyabr kuni BMT qoshidagi Xalqaro savdo markazining "Etika moda tashabbusi" loyihasi bosh koordinatori Kloe Mukai va loyihaning Oʼrta Osiyo boʼyicha maslahatchisi Paula Koles Fargʼona viloyatining Margʼilon shahridagi "Nurli tong silk" pillachilik klasterida boʼlishdi.
Loyihadan maqsad — ipakchilik tarmogʼida faoliyat koʼrsatuvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar, hunarmandlar va iqtidorli dizaynerlar gʼoyalarini dunyo miqyosida tanitish.
Maʼlumot uchun: korxonada doimiy ishchilar soni 100 nafarni tashkil etadi. Mavsumda 12 ming nafar mahalliy aholi ish bilan band boʼladi.
Korxonaning yillik eksport quvvati 3 mln АQSh dollarini tashkil etadi.






