BMTning Orol dengizi mintaqasini innovatsion loyihalarni boshlash platformasiga aylantirish to'g'risidagi qarori


Ushbu tashabbus birinchi marta 2018 yil avgust oyida Turkmanistonda bo'lib o'tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasining ta'sischi davlatlari rahbarlarining yig'ilishida davlatimiz rahbari tomonidan taklif qilingan edi.

Shuningdek, BMT shafeligida 2019 yilning 24-25 oktyabrь kunlari Nukus shahrida “Orolboʼyi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi” shiori ostida boʼlib oʼtgan yuqori darajadagi xalqaro konferentsiyada 28 davlatning ishtirok etgan 150 vakili Oʼzbekiston Prezidenti ilgari surgan tashabbusni bir ovozdan qoʼllab - quvvatlagani taʼkidlandi.

Rezolyutsiyada belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan, Orolboʼyi mintaqasini ekologik inqiroz zonasidan ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasiga aylantirish; mintaqadagi ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik vaziyatni yaxshilash; hududda atrof-muhit holatini yaxshilash, tabiiy resurslarni muhofaza qilish va aholi hayot sifatini oshirish boʼyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatni qoʼllab-quvvatlash; Orol dengizi inqirozi oqibatlarini bartaraf etish va Orolboʼyi mintaqasidagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish boʼyicha qoʼshma chora-tadbirlarni amalga oshirish; ilmiy tadqiqotlar oʼtkazish, ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga, ekologik barqaror iqtisodiy oʼsishga, energiya va suvni tejovchi texnologiyalarni qoʼllashni keng qamrovli ravishda amalga oshirish masalari qayd etildi.

Har bir yoʼnalish boʼyicha vazirlik, idora va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari va ekspertlaridan iborat 7ta maxsus ishchi guruhi faoliyatini tashkil etish topshirildi.