BMW avtomobildagi ayrim qulayliklar uchun pulli obunani yo‘lga qo‘ymoqda

BMW 2018-yilda Apple CarPlay va Android Auto xizmatlari uchun yiliga 80 dollarlik obuna joriy qilib, muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. Shunga qaramay, kompaniya pulli obuna xizmatini hozircha Janubiy Koreyada kengroq miqyosda sinab ko‘rishni boshladi.
Endilikda Koreya bozoridan yangi BMW sotib olgan xaridor, o‘rindiqni isitish funksiyasini ishlatish uchun alohida pul to‘lashi kerak bo’ladi. Bunda: oylik obuna narxi – $18 tashkil etsa, 1 yil uchun $176, 3 yil uchun $283 va doimiy foydalanish paketi uchun esa $406 narx belgilangan.
Avtomobil rulini isitish funksiyasining obuna narxlari esa oyiga $10, 3 yilga $161, cheksiz muddatga esa $222 tashkil etmoqda.
Koreyalik xaridorlar BMWda Apple CarPlaydan cheksiz foydalanish uchun $304, audiotizimlar orqali uzatiluvchi dvigatelning kuchaytirilgan tovushi uchun $137, yaqin va uzoqni yorituvchi faralarning avtomatik sozlanishi uchun oyiga $8, 1 yilga $84, 3 yilga $122, cheksiz muddatga $183 to‘lashlari lozim.






