Boeing Rossiya aviakompaniyalari bilan hamkorlikni to'xtatdi

Amerikaning Boeing aviatsiya konserni Rossiyadagi asosiy operatsiyalar to'xtatilgani va Kiyevdagi ofis vaqtincha yopilgani haqida xabar berdi.
“Shuningdek, biz Rossiya aviakompaniyalarining samolyotlariga butlovchi qismlar yetkazib berish, texnik yordam va texnik xizmat ko‘rsatishni ham to‘xtatdik”, deyiladi menejerlar bayonotida.
Rossiyaning asosiy aviatashuvchisi "Aeroflot"ning floti asosan Boeing 737 va 777 samolyotlaridan iborat.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi tomonidan Airbus samolyotlaridan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha joriy qilingan sanksiyalar hisobga olinsa, butun Rossiya fuqaro aviatsiyasi sanoati tahdid ostida.






