Boks bo’yicha Osiyo chempionatida 150 nafardan ziyod bokschilar g‘oliblik uchun bahs olib boradilar

Joriy yilning 20-30-yanvar kunlari poytaxtimiz Toshkentda boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkaziladi. Tarixda ilk marotaba tashkil etilayotgan ushbu musobaqada qit’amizning 15ga yaqin mamlakatidan 150 nafardan ziyod yosh va umidli bokschilar g‘oliblik uchun bahs olib borishi kutilmoqda. Musobaqa poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida bo’lib o’tadi.
U-22 Osiyo chempionati rasman 22-yanvar kuni soat 17:00da ochiladi. Ochilish marosimi tantanalaridan so‘ng soat 18:00dan dastlabki janglar boshlanadi. Shu kuni soat 11:00da poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida musobaqa oldidan matbuot anjumani ham tashkil etiladi. Unda tashkilotchilar, xususan Osiyo boks federatsiyasi mas’ullari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.






