Bokschi qizlarimiz OChda 10 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda

Tailandda o‘tayotgan boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionatida qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar yakunlandi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.






