Bolalarning dam olishini va sog'lomlashtirilishini tashkil etish departamenti faoliyati yo'lga qo'yiladi

"Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog'lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:
Bolalar sog'lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko'maklashish jamg'armasi;
Bolalarning dam olishini va sog'lomlashtirilishini tashkil etish departamenti.
Jamg'arma mablag'lari hisobidan kasaba uyushmalari a'zolarining farzandlari dam olishi va ularni sog'lomlashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir yo'llanma uchun BHMning 2 baravari (600 ming so'm), biroq yo'llanma narxining 50 foizidan oshmagan miqdorda oromgohlarga kompensasiya to'lanadi.
2023-yil 1-yanvardan:
Mahalliy byudjetlar daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizi har chorakda Jamg'armaga yo'naltiriladi;
Davlat organlari va tashkilotlari o'z xodimlarining farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yo'llanmalari narxining 50 foizigacha, ammo har bir yo'llanma uchun BHMning 1 baravaridan (300 ming so'mdan) oshmagan qismi ish beruvchilar tomonidan kompensasiya qilib berilishi mumkin.
Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog'lomlashtirish masalalari bo'yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.






