Bonafarm Csoport va Qishloq xo‘jaligi vazirligi o’rtasida 150 mln dollarlik loyiha bo'yicha memorandum imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi doirasida o‘z delegatsiyasi bilan Samarqand shahrida bo‘lib turgan Vengriyaning Bonafarm Csoport kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Bonafarm Csoport hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida Toshkent viloyatida tashkil etilishi rejalashtirilgan qiymati 150 mln AQSH dollariga teng investitsion loyiha - parrandachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Anglashuv memorandumi imzolandi hamda “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.






