Boris Jonson iste'foga chiqdi

BBCning xabar berishicha, Britaniya hukumati rahbari bugun, 7-iyul kuni Konservativlar partiyasi yetakchisi lavozimini tark etdi, ammo kuzgacha Bosh vazir bo‘lib qoladi.

Bosh vazir qarorgohi yonida jurnalistlar bilan suhbatlashgan Jonson o‘z tarafdorlari va Britaniya xalqiga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.