Boshqirdistonning birinchi prezidenti olamdan o‘tdi

Boshqirdiston Respublikasining birinchi prezidenti Murtazo Rahimov 88 yoshda vafot etdi. U Boshqirdistonni 1993-yildan 2010-yilga qadar boshqargan va o'sha yilda iste’foga chiqqan.
Qayd etilishicha, u uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etgan.
P.S. Rahimov davrida, Boshqirdiston Respublikasining davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklarasiya qabul qilingan. U Moskva bilan Federal shartnoma va uning ilovasini imzolagan, 1993-yilda Respublika Konstitusiyasi qabul qilingan.






