Brexitdan keyin Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya o’rtasidagi savdo pasaymoqda

Brexitning birinchi oyidan so'ng (Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishidan so’ng) Britaniyaning Yevropa Ittifoqiga eksporti keskin kamaydi. Yevropa Ittifoqiga Buyuk Britaniyadan tovarlarni eksport qilish 40 foizga kamaydi va Yevropa Ittifoqidan import 29 foizga kamaydi.

Shunday qilib, Yevropa Ittifoqiga tovarlarning eksporti, monetar bo'lmagan oltin va boshqa qimmatbaho metallar bundan mustasno, yanvar oyida 40,7% ga kamaydi. Import esa 28,8% ga kamaydi, deya xabar beradi Buyuk Britaniyaning Milliy statistika boshqarmasi.

Biroq, boshqarma Brexitni savdo sustlashishi bo'yicha baholash koronavirus pandemiyasi bilan bilan bog’liqligi va bu holat savdo hajmiga ta'sir ko'rsatishi haqida ogohlantirdi.