Bridgestone Ulyanovskdagi zavodi faoliyatini to'xtatishga qaror qildi

Dunyoning eng yirik shina ishlab chiqaruvchilardan biri Bridgestone Ukraina atrofidagi vaziyat va Rossiya Federatsiyasining harbiy amaliyoti tufayli Ulyanovskdagi zavodi faoliyatini to'xtatishga qaror qildi. Bundan tashqari, Bridgestone allaqachon Rossiya Federatsiyasiga shinalar eksportini haam to'xtatgan.

Qayd etilishicha, korxona 18-martdan faoliyatini to‘xtatadi. Rossiyadagi yangi investitsiyalar ham muzlatiladi.

Shuningdek, kompaniya bayonotida aytilishicha, u Ukraina tomoniga BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi orqali 2,5 million yevro miqdorida yordam jo‘natadi.

Yaponiyaning elektronika, jumladan, noutbuklar ishlab chiqaruvchi Fujitsu kompaniyasi ham 14-mart kuni Rossiyaga yetkazib berish toʻxtatilgani haqida maʼlum qildi.