"Bright Uzbekistan" hamkorlik doiralarini kengaytirmoqda

"Bright Uzbekistan" axborot platformasini muntazam ko'rib boruvchi kuzatuvchilarimiz biladilarki, loyiha jamoasi ko'plab kreativ g'oyalarni xayotga tadbiq etayotgan, yosh tadbirkorlarga chin ma'noda ustoz bo'la oladigan hamda biznes doirasida o'zining muvaffaqiyat yo'liga ega yurtimiz ishbilarmonlari bilan doimiy ravishda uchrashuvlarni tashkil etmoqda va har sohada o'zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.
Shunday uchrashuvlardan biri, "O'ZIMIZNIKI", "Luxe trans Capital" hamda "US-LLC" kompaniyalari asoschisi hamda hamraisi Muxlisaxon Akramova bilan bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida oxirgi besh yil ichida tadbirkorlar manfaatlarini belgilovchi ko'plab qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi, amalda esa infratuzilmalar doirasida, bank sohasida hamda davlat idoralarining tadbirkorlarga bo'lgan munosabatlarida bir qator ijobiy o'zgarishlar ro'y bergani hususida so'z bordi. Bu kabi o'zgarishlar, albatta, biznes vakillari, jumladan ayol ishbilarmonlar uchun katta shijoat berishi xususida so'zlab o'tdilar.
Shuningdek, ushbu imkoniyatlar sabab, birgina "O'ZIMIZNIKI" tekstil kompaniyasi yillik aylanma mablag'i 4-5 million AQSH dollarini tashkil etayotgani hamda istiqbolda bu raqamlarni 12-18 million AQSH dollariga ko'tarish borasida Qirg'iziston, Qozog'iston kompaniyalari bilan ko'plab kelishuvlar imzolanayotgani haqida so'z bordi.
Uchrashuvda "Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasi asoschisi tomonidan loyiha maqsad va vazifalariga bag'ishlangan kichik taqdimot ham o'tkazildi.
Shundan so'ng, Muxlisaxon Akramova mamlakatimiz biznes vakillariga bu kabi loyihalarning samarasi haqida o'z fikrlarini bildirdilar. Uchrashuv so'ngida davomiy hamda istiqbolli hamkorlikka kelishib olindi.






