Bright Uzbekistan va Oliy Majlis Senati: Yurt manfaati yo'lida hamkorlik

Joriy yilning may oyida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Bright Uzbekistan" loyihasining rahbari Davron Abdullayev boshchiligidagi jamoa chuqur hurmat bildirdi va Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyevaga uchrashuv uchun minnatdorchilik izhor etdi. 

Uchrashuv davomida "Bright Uzbekistan" xalqaro biznes jurnalining taqdimoti bo'lib o'tdi. Parlament yuqori palatasi raisiga jurnalning ruknlari, mazmuni, maqsad va vazifalari taqdim etildi.

Suhbat yakunida Tanzila Norboyeva bunday loyihalarning O'zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash uchun muhimligini ta'kidladi, shuningdek loyiha ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.