Bright Uzbekistan jurnali O'zbek ishbilarmonlarining ijobiy qiyofasini namoyon etadi - Alisher Kasimov

So'nggi kunlarda Bright Uzbekistan loyihasi mutasaddilar va tadbirkorlarning katta qiziqishiga sazovor bo'lmoqda, shu o'rinda loyiha asoschisi Davron Abdullaev Toshkent Tractors kompaniyasi asoschisi Alisher Kasimov bilan uchrashuv o'tkazdi va jurnalning ilk sonini taqdim etdi.
Uchrashuv davomida loyiha mazmun-mohiyati, istiqbollari hamda kelgusi rajalari haqida ma'lumotlar berildi.
"Bright Uzbekistan loyihasining asosiy missiyasi — yangi O'zbekistonda biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida hikoya qilish, o'zbek ishbilarmonlarining haqiqiy ijobiy qiyofasini namoyon etish, xorijiy investorlar e'tiborini jalb etish, manfaatlarni birlashtirish shuningdek, umumiy sherikchilik qiziqishlarini o'zaro birlashtirish va yagona biznes-loyihalarda kengaytirish hamda mustahkamlashga ko'maklashishdan iboratdir." - deya Alisher Kasimov o'z sahifasida fikrlarini bayon etdi.
Ma'lumot uchun: Alisher Kasimov yurtimizda o'z faoliyatini muvaffaqiyatli olib borayotga tadbirkorlardandir. Qishloq xo'jaligi va IT sohalarida qator kompaniyalarga asos solgan. Xozirgi kunda "Promzona Agro",
"Toshkent Tractors", "Fasttech IT" va "Motochas IT" kompaniyalariga boshchilik qilmoqda.






