Bright Uzbekistan Turkiy dunyo qishloq xo’jaligi vazirlari e’tiborida

Toshkentda tashkil etilgan “Birinchi Turkiy Agroforum” munosabati bilan, Yurtimizga tashrif buyurgan Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo mamlakatlarning Qishloq xo'jaligi vazirlariga Bright Uzbekistan loyihasi asoschisi Davron Abdullaev tomonidan Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni taqdim etildi.
Ta’kidlash joizki, Vatanimizda amaliy tashrif bilan bo’lib turgan Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya va Vengriya Qishloq xo’jaligi vazirlari jurnalga katta qiziqish bildirib, kelajakda hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasidagi takliflarini ilgari surdilar.
Shuningdek, Davron Abdullaev tomonidan har bir vazirga loyihamiz va jurnalimiz faoliyati haqida batafsil ma’lumot berilib, kelgusi rejalar va navbatdagi qadamlar bayon etildi. O’zbekiston imejiga o’zgacha uslub va yangi g’oyalar qo’shish istagida bo’lgan mazkur jurnal, barcha vazirlarning diqqatini tortib, ularda mamlakatimiz faoliyati va salohiyatiga nisbatan o’zgacha qiziqish uyg’otdi.






